Jahon | 15:42 / 03.06.2016
3180
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya yaqinida 700ga yaqin muhojir mingan kema halokatga uchradi

Gretsiyaning Krit oroli janubida o‘tkazilgan qutqaruv amaliyoti orqali 302 nafar muhojir suvdan qutqarib olindi. Gretsiya sohil bo‘yi xizmati ma'lumotiga ko‘ra, ular ayni vaqtda xavfsiz joyda.

Shuningdek, kema cho‘kkan joydan 3 kishining jasadi topilgan.

Ayni vaqtda suvdan odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Xabar qilinishicha, juma kuni tongida 25 metr uzunlikdagi kema Krit janubidan 75 km masofada cho‘ka boshlagan. Hozircha kemada halokatdan oldin qancha yo‘lovchi bo‘lgani aniq emas. Xabarlarda bu kemaga 700ga yaqin kishi chiqqani aytilgan.

Ayni vaqtda qutqaruv ishlarida 5ta kema ishtirok etmoqda. Qutqaruv ishlariga samolyot va vertolyotlar ham jalb etilishi kutilmoqda.