Instagram foydalanuvchilar qoldirgan kontent uchun haq to‘lashni rejalashtirmoqda
Instagram xizmati foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan kontenti uchun haq to‘lashni boshlaydi. Bu haqida instagramga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasining marketing bo‘yicha prezident o‘rinbosari Kerolin Everson Bloomberg TVga bergan intervyusida xabar berdi.
«Kontent Facebook va Instagram uchun juda muhimdir. Biz asosiy platforma ma'lumotlar tarqatish bo‘lishini istaymiz va kontent ishlab chiquvchilarning pullari tejalishi uchun yordam berishda turli usullarni topishga harakat qilamiz. Hozirda daromadlar bo‘linmasi modelini ishlab chiqmoqdamiz», - deya qayd etdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sport va yulduzlar hayoti haqidagi yangiliklar bilan post qoldiruvchi foydalanuvchilarga bonuslar o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Instagram Facebook’ning asosiy daromad ko‘rsatkich manbai hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg agentligi. eMarketer nashrining bashoratiga ko‘ra, 2016 yilda xizmatning reklamadan kelib tushgan manbai 1,53 milliard dollarni tashkil etgan. Bu esa Facebook’ning umumiy reklama daromadidan 15 foizi demakdir.
Ayni damda Instagram 200 mingdan ortiq reklamachilar bilan hamkorlik qiladi. Ularning ko‘p qismi kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilardir.
Facebook Instagram xizmatini 2012 yilda 1 milliard dollarlik bitim evaziga sotib olgan.