Jahon | 09:13 / 03.06.2016
3441
1 daqiqa o‘qiladi
Qatardagi turar-joy binosidagi yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Qatardagi ishchilar uchun turar-joy majmuida yong‘in sodir bo‘ldi. Buning natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqida Gulf Times nashri xabar beradi.
Xabar qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilarning voqea joyiga qisqa muddat ichida yetib kelgani qurbonlar sonini kamaytirishga yordam bergan.
Halok bo‘lganlarning tanasi Hamad shahridagi kasalxona morgiga jo‘natilgan, jabrlanganlar esa shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari oshkor etilmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, binoda 100dan ortiq ishchi yashagan. Yong‘inning yanada alanga olishini bartaraf etishda fuqarolik mudofaasi va politsiya xodimlarini ishtirok etgan.