Jamiyat | 19:30 / 03.06.2016
3327
1 daqiqa o‘qiladi
Liviya qirg‘oqlari yaqinida halok bo‘lgan muhojirlar soni 104 kishini tashkil etmoqda
Liviyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida O‘rta Yer dengizini kesib o‘tishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan 100 nafardan ziyod qochqinning jasadi topilgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Liviya harbiy dengiz kuchlari vakilining ma'lum qilishicha, suvdan 104 jasad olib chiqilgan. Qurbonlar soni yanada oshishi mumkin.
Ma'lum bo‘lishicha, ular chiqib olgan qayiqda ko‘pi bilan 125 nafar kishi sig‘ishi mumkin bo‘lgan.
Avvalroq qurbonlar soni 25 nafar ekani haqida xabar berilgandi.