Jahon | 17:58 / 03.06.2016
5740
1 daqiqa o‘qiladi
Los-Anjyeles millionerlariga uysizlar uchun soliq solinishi mumkin
Amerikaning Los-Anjyeles okrugi hukumati, uysizlarga yordam berish maqsadida millionerlarga soliq solishni rejalashtirayapti, deb yozmoqda The Independent.
Rejaga muvofiq, yillik daromadi 1 mln dollardan oshiq bo‘lgan fuqarolar, har bir daromad manbaidan 1 foiz soliqqa tortiladi.
Mahalliy hukumat organlarining hisoblariga ko‘ra, shu yo‘l bilan yiliga 243 mln dollar mablag‘ jalb etilishi mumkin. Bu esa, uysizlarning ahvolini ancha yaxshilaydi.
Ushbu tashabbus bo‘yicha ovoz berish jarayoni noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rvlarga ko‘ra, Los-Anjyelesning qariyb 80 foiz aholisi yangi soliqni ma'qullashgan.
Nashrning yozishicha, ayni vaqtda, okrugda 46 mingga yaqin uysizlar kun kechiradi.