Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy kutubxonada “Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Unda olimlar, yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan ikki jildli ushbu qomusiy lug‘at ham ana shunday izlanishlar natijasidir. Unda Alisher Navoiy hayoti, asarlari, poetikasi, obrazlar olami, ustozlari va zamondoshlari haqida muxtasar ma'lumotlar berilgan.
Lug‘atda maqolalarning nomlari, istilohlar qisqa va lo‘nda, tushunarli shaklda berilgan. Tadqiqot mazmun-mohiyatini belgilashda milliy qomuschilik va jahon tajribasidan foydalanilgan.
Taqdimotda Navoiy ijodida ma'rifat talqini, badiiy matn va nashr muammolari, ustoz-shogird munosabatlari, allomaning asarlariga bag‘ishlangan mavzularda ma'ruzalar tinglandi.