Fan-texnika | 22:19 / 03.06.2016
4325
1 daqiqa o‘qiladi
OAV Twitter va Yahoo birlashuvi mumkinligi haqida ma'lum qildi
OAVning xabar berishicha, Twitter rahbarlari Yahoo bosh direktori Maris Mayyer bilan uchrashgan. NYP ning ma'lum qilishicha, Twitter boshlig‘i Jyek Dorsi bu uchrashuvda ishtirok etmagan.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, uchrashuvda Yahoo’ning moliyaviy holati haqida suhbat bo‘lgan. Shuningdek, xizmatlarni birlashtirgandan so‘ng, ularni rivojlantirish masalalari ustida ham muzokaralar bo‘lgan.
«Twitter — bu yangiliklar uchun joy, Yahoo’da esa tashrif buyuruvchilar soni ko‘p. Bu g‘oya telbadek ko‘ringani bilan, hayotiydir», — dedi NYP suhbatdoshi.
Twitter va Yahoo bu yangilikka izoh berishni istashmagan.