Jahon | 09:46 / 03.06.2016
6374
2 daqiqa o‘qiladi

Ota-onasi tomonidan o‘rmonda qoldirib ketilgan yapon bolasi 7 kundan keyin sog‘-omon holda topildi

Yaponiyada ota-onasi jazo tariqasida o‘rmonda qoldirib ketgan 7 yoshli bolakay 7 kundan keyin sog‘-omon holda topildi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, Yamato Tanooka ismli o‘g‘il bolaning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti. Bola qoldirib ketilgan joyidan 5,5 km uzoqlikda joylashgan mudofaa kuchlarining Komagatake poligonida topilgan. Poligon xodimi bolani tunash uchun ishlatiladigan uychada ko‘rib qolgan va bu haqda politsiyaga xabar bergan. 

Bolaning ota-onasi uni 7 kun avval o‘zini yomon tutgani uchun avtomobildan tushirib yuborishga qaror qilishgan. Ular ketayotgan yo‘l yovvoyi hayvonlar yashaydigan o‘rmonli hududdan o‘tgan bo‘lgan. Bola ota-onasining aytishicha, ular farzandlarini yolg‘iz qoldirib, keyin yarim kilometrcha yo‘l bosib, otlariga qaytganlarida bolani qoldirib ketgan joylaridan topa olishmagan.

Yamato Tanookini qidirish operatsiyasi armiya, qutqaruvchilar va vertolyotlarni jalb qilgan holda bir hafta davom etdi.