Sport | 18:44 / 03.06.2016
17068
1 daqiqa o‘qiladi
Prokuror Messini oqlashni, uning otasini esa 1,5 yilga qamashni taklif qildi
Ispaniyada «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va uning otasi ustidan sud jarayoni davom etmoqda.
Argentinalik futbolchi va uning otasi Ispaniya xazinasidan 4,1 mln dollarni yashirganlikda ayblanmoqda.
Prokuror Rakel Amado hujumchini oqlovchi hukm chiqarilishi tarafdori. Shu bilan birgalikda u futbolchining otasi Xorxe Messi uchun 1,5 yil qamoq jazosi tayinlanishini talab qilmoqda.
Prokurorning fikricha, futbolchi soliqlarni to‘lamaslik sxemalarini bilganini isbotlab bo‘lmaydi.
2 iyun kuni Messi o‘z moliyaviy ishlarini yuritmagani, noqonuniy operatsiyalardan bexabar ekanini ma'lum qildi.
Messining otasi esa hujjatlar bilan o‘zi shug‘ullangani, Lionel esa ularga o‘qimasdan imzo qo‘ygani haqida aytdi.