Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldino va Mayk Tayson Van Damm bilan birga "Kikboksyor" filmining davomida suratga tushishadi
Mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldino "Kikboksyor" jangari filmining davomida suratga tushadi.
Filmda Ronaldino qahramoni nomi Ronaldo bo‘lib, u jangovor san'at ustasi bo‘ladi hamda aktyor Jan-Klod Van Damm o‘ynaydigan qahramonga ustozlik qiladi.
Filmda, shuningdek, sobiq bokschi Mayk Tayson, UFC yulduzlari Peyj Vanzant va Xaftor Yulius Bernsson ham rollar ijro etishadi.
"Biz u yoki bu yulduz qanday hissa qo‘shishiga qaraymiz. Ronaldino istarali bo‘lishidan tashqari, uning ijtimoiy tarmoqlarda 66 mln obunachisi bor, bu esa filmni targ‘ibot qilishda juda asqatadi", deb aytdi film prodyuseri Rob Xikman.
Van Damm ishtirokidagi "Kikboksyor" jangari filmi 1989 yilda ekranlarga chiqarilgan. Filmda aka-uka Kurt va Erik Sloanning kikboksing vatani Tailanddagi sarguzashtlari haqida so‘zlanadi.