Shveytsariya prokuraturasi FIFA qarorgohida tintuv o‘tkazdi
3 may kuni Shveytsariya hukumati FIFAning Tsyurix shahridagi bosh qarorgohida tintuv o‘tkazdi. Mamlakat bosh prokuraturasi yo‘qolgani taxmin qilingan protokolni izlash uchun tintuv o‘tkazish bo‘yicha order bergan.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, operatsiya FIFAning bir qator xodimlariga qarshi boshlangan tergov harakatlari bilan bog‘liqdir. Shuningdek, tashkilotda yangi jinoyatlar amalga oshirilgani bo‘yicha gumonlarni tasdiqlash uchun tintuv o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, gumondorlar orasida FIFAning yangi rahbari Janni Infantino yo‘q.
2 iyun kuni Welt am Sonntag gazetasi Infantinoning ko‘rsatmasiga binoan FIFAning 9-10 may kunlari bo‘lib o‘tgan ijroqo‘m yig‘ilishi protokoli (videoyozuv) yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Buning ortidan Infantino 90 kun muddatga futboldan chetlatilishi mumkinligi aytildi.
Bugun esa FIFA Infantinoga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqidagi xabarni rad etdi.