Jamiyat | 21:22 / 03.06.2016
3252
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkentning G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 5 iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Onajonim tabiat» ijodiy tanlovi, olimlar, shifokorlar hamda jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tibbiyot va ekologiya sohasidagi ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi,  talabalar va yosh olimlar ishtirokidagi «Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya» tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi. 

–  Ustozlarim ko‘magida paxta sanoati korxonalari chiqindilarini qayta ishlab, ikkilamchi xomashyo olishga oid ilmiy izlanish olib borayotirman, – deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi, «Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya» tanlovi g‘olibi Javohir Rustamov. – Ushbu tanlov ilmiy loyihalarimizni olimlar va ekolog mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazish va keng jamoatchilikka namoyish etish imkonini berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish