Sport | 14:45 / 03.06.2016
10110
1 daqiqa o‘qiladi
Yunon-rum kurashi: Ilhom Bahromov Osiyo chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashi bo‘yicha sportchi Ilhom Bahromov Filippin poytaxti Manilada o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi xabar tarqatgan.
Bahromov 50 kg vazn toifasida bir necha oltin medallar sovrindori hisoblanadi. U Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Yozgi Yoshlar Olimpiadasi va Qozog‘istondagi xalqaro turniri g‘olibi bo‘lgan.
Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati Manilada 30 maydan 5 iyunga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan.