Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada rekord darajadagi suv toshqinlari kuzatilmoqda
Fransiya va Germaniyada misli ko‘rilmagan kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlari keltirib chiqardi.
Fransiyaning markaziy hududlarida toshqin bir necha kundan beri davom etmoqda. 2 iyunda Fransiya hukumati Parij va u joylashgan Il-de-Frans viloyatining departamentlarida meteotrevoganing oxiridan bitta oldingi – "to‘q sariq" darajasini e'lon qildi.

3 iyunda Parijda yomg‘irlar tugadi, biroq suv hali ham oqib kelmoqda. Mahalliy hukumatning aytishicha, Sena daryosidagi suv darajasi 1982 yildan beri birinchi marta rekord darajadagi qiymatgacha oshishi mumkin (ordinardan yuqori).
Suv toshqinlari va yomon ob-havo sharoitidan Germaniyaning bir nechta hududi ham jabr ko‘rdi.

"Elvira" sikloni 30 mayga o‘tar kechasi Baden-Vyurtemberg federal yerining shimoli va sharqiga yopirilgan. Tabiiy ofat zarbasidan 900 kishilik Braunsbax kommunasi jabr ko‘rdi. Kommuna suv oqimlari va ko‘chkilardan deyarli to‘liq vayron bo‘ldi.
Germaniya sug‘urtachilari umumiy kengashi (GDV) toshqinlardan ko‘rilgan ziyonlarni 450 mln yevroga baholadi.
GDV keyingi kunlarda Bavariya va Shimoliy Reyn- Vestfaliyada yuz bergan toshqinlardan ko‘rilgan ziyon haqida ma'lumotlarga ega emas.











