Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:04 / 04.06.2016
9262
1 daqiqa o‘qiladi
Xodorkovskiy Rossiyaga qaytish istagini bildirdi
YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Euronews telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaga qaytmoqchiligini aytdi.
"Men nafaqat istisno qilmayman, balki Rossiyaga qaytishimga mutlaq ishonaman", deb aytdi Xodorkovskiy.
Ayni vaqtda Xodorkovskiy Shveytsariyada yashamoqda, u Rossiyada ozodlikka chiqarilgandan keyin bu davlatda yashashga ruxsat olgan.
Aprelda Xodorkovskiy Rossiyaga qaytmoqchi emasligini aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish