00:30 / 04.06.2016
49804

iPhone 7ning narxi va xususiyatlari haqidagi yangi ma'lumotlar bilan tanishing

Tarmoqlarda iPhone 7 smartfoni haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqida Mobipicker xabar beradi.

Smartfon uch turdagi modifikatsiyada paydo bo‘ladi: standart, Plus va Pro. Dastlabki ikki versiya faqat ekran diagonali bilan farqlanadi va kompaniyaning amaldagi smartfonlariga mos keladi. Har ikala qurilma ham A10 protsessorida ishlaydi va 2 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. iPhone 7 Pro’da esa A10X protsessori va 3 Gb tezkor xotira o‘rnatilgan.

Shuningdek, uchala smartfonda ham quloqchin uchun 3,5 mm bo‘lgan ulagichlar bo‘lmaydi, aksessuarlarni Bluetooth yoki Lightning porti orqali yoqish imkoni mavjud bo‘ladi. Smartfonlar uch xil modifikatsiyada bo‘ladi: 32 GB, 128 GB va 256 GBli drayv.

Xotira hajmiga qarab iPhone 7 va 7 Plus narxlari taxminan iPhone 6s va 6s Plus’ning hozirgi narxlari bilan teng bo‘ladi . Xitoyda iPhone Pro narxi quyidagicha: 32 GB xotirali - 7088 yuan (1 080 dollar atrofida), 128 Gb - 7888 yuan (1200 dollar) va 256 GB - 8888 yuan (1355 dollar).

Top