Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karib davlatlari Assotsiatsiyasini tarixda birinchi marta ayol kishi boshqaradi
Buyuk Britaniya yetakchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi uncha katta bo‘lmagan orol-davlat Sent Lyusiya diplomati Jun Sumer Karib davlatlari Assotsiatsiyasining bosh kotibligiga saylandi. Uning nomzodini, mintaqaviy tashkilotga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari qo‘llab-quvvatlashgan.
KDAning 2 iyun kuni Kuba poytaxtida boshlangan 7-sammitida, uning nomzodini tashkilotga a'zo davlatlar vakillari ma'qullashgan edi. Sammit vazirlar kengashi ham tavsiyani bir ovozdan qabul qilishdi. Anjuman, uyushmaga a'zo davlat va hukumat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi bilan yakunlanadi.
Shunday qilib, Sumer shu yilning 1 avgustidan kolumbiyalik Alfonso Muner o‘rnini egallaydi. U, 2012 yil aprelidan mazkur vazifani bajarib kelayotgan edi.
Karib davlatlari Assotsiatsiyasi 1994 yilda Kolumbiyaning Kartaxena-de-Indias shahrida tashkil etilgan. Uning maqsadi, Karib havzasi mamlakatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar, hamkorlik va o‘zaro kelishilgan harakatlarni amalga oshirishga ko‘mak berishdan iborat.