Jahon | 09:23 / 04.06.2016
4491
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Suriya HHKning Daur-az-Zorga bergan zarbalarida 15 kishi halok bo‘ldi

Suriya harbiy-havo kuchlarining Daur-az-Zor viloyatining sharqidagi shaharga zarba berishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Suriyada inson huquqlarini kuzatish kengashi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, zarbalar harbiy aeroport yonida joylashgan Al-Boulil shahriga berilgan. Kuzatuv kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 4 ayol va bola bo‘lgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, IShID terrorchilari viloyatning katta qismini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, jangarilar hukumat tomon qo‘shinlar qisman qaytarib olgan viloyat poytaxtini qamal qila boshladi.

Avvalroq Rossiya transport samolyoti Daur-az-Zor shahriga 21 tonna insonparvarlik yordami yetkazgani ma'lum qilingandi.