Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:59 / 04.06.2016
2866
1 daqiqa o‘qiladi
"Rolan Garros" finalida Marrey va Jokovich uchrashadigan bo‘ldi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey Fransiya Ochiq chempionatining ikkinchi finalchisi bo‘ldi. U 3 iyunda bo‘lib o‘tgan yarimfinal bahsida shveysariyalik tennischi Sten Vavrinkani 6:4, 6:2, 4:6, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Endi Marrey finalda jahonning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich bilan bosh mukofot uchun kurashadi. Serbiyalik tennischi yarimfinalda avstriyalik Domenik Timni yutgandi.
Jokovich "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi ushbu musobaqani birinchi bor qo‘lga kiritishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish