Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:19 / 04.06.2016
6601
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik sportchilar Manilada o‘tayotgan musobaqada beshta medalni qo‘lga kiritishdi
Manilada (Filippin) yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston jamoasi yana besh medal sohibiga aylandi. Bu haqda sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan mahslarda 55 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik kurashchi Javohir Mirahmedov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida kechgan bahsda Nodira Sobirova (51 kg), Nabira yesenbayeva (59 kg) va Baxtigul Boltaniyozova (67 kg) o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish