Jahon | 23:12 / 05.06.2016
13554
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkachi samolyoti navbatdagi marta Rossiya chegarasiga yaqinlashdi

AQSh harbiy-havo kuchlarining RC-135V razvedkachi samolyoti 5 iyunda Rossiyaning Kaliningrad chegarasida payqaldi. Bu haqda harbiy aviatsiyaning harakatlanishini kuzatuvchi g‘arb aviatsiya portallari ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

Portallar ma'lumotlariga ko‘ra, razvedkachi samolyot AQShning Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. U Boltiq dengizining janubiy qismida topshiriq bajarmoqda. Samolyotning bort raqami 64-14844, chaqiruv signali TROG34.

Oxirgi 3 hafta ichida AQShning RC-135 samolyotlari Rossiya chegaralariga 14 marta yaqinlashdi.

22 may kuni Rossiya havo hujumiga qarshi tizimlari Rossiya chegarasi yaqinida Yapon dengizida havo razvedkasini amalga oshirayotgan RC-135 samolyotini aniqlagandi. AQSh samolyoti o‘chirilgan transponder bilan uchgan va fuqarolik aviatsiyasi ishlatadigan balandlikdan foydalangan.