Jahon | 00:01 / 05.06.2016
5376
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda JARda teraktlar bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi

AQSh hukumati terrorchilik guruhlari Janubiy Afrika Respublikasining odamlar gavjum savdo hududlarida hujum uyushtirmoqchi ekani haqida ma'lumot oldi. Bu haqda JAR elchixonasi va konsulligi saytida aytilgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Bu axborot IShIDdan o‘z tarafdorlarini butun dunyo bo‘ylab teraktlar uyushtirishga ommaviy chaqiriq sifatida olinmoqda", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, Yoxannesburg va Keyptaun shaharlaridagi savdo maydonlari va markazlari asosiy nishon qilib olingan.

Ma'lum qilinishicha, JAR politsiyasi bu holat bo‘yicha izoh berishdan  bosh tortgan va olingan ma'lumotni o‘rganmoqda.