Jahon | 20:07 / 05.06.2016
6268
1 daqiqa o‘qiladi

Halab yana bir bor havo hujumi ostida qoldi

Suriyadagi manbalar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat shimolidagi muxolifat kuchlari qo‘lidagi Halab shahriga havo zarbalari berilgan.

AFP axborot agentligining hududdagi manbalarga asoslanib xabar berishicha, qutqaruvchilar hujumdan keyin vayron bo‘lgan uylar ostidan kamida 20 kishining jasadini chiqarib olishgan.

Suriya hukumati nashrlari bu hujum shaharning hukumat qo‘shinlari nazoratidagi 3ta tumaniga yo‘naltirilgani haqida xabar tarqatdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, raketa zarbalari tufayli 24 kishi halok bo‘lgan.

Halab shahri Suriyaning sobiq iqtisodiy poytaxti edi. U ayni damda ikki qismga ajralgan: sharqida isyonchi kuchlar, g‘arbida hukumat qo‘shinlari nazorat o‘rnatgan.

Bir necha haftadan buyon hukumat qo‘shinlari fevral oyida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga qaramasdan muxolifat vakillari tomonidan artilleriya zarbalari berib kelinayotganini iddao etadi.