Sport | 15:45 / 05.06.2016
3858
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi: Messi va Suares jarohat tufayli guruhning ilk o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarohat tufayli Amerika Kubogining guruh bosqichida Chiliga qarshi o‘tkaziladigan birinchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

U may oyi oxirida Hondurasga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida olgan jarohati bunga sabab bo‘ladi. Gulf News nashri xabariga ko‘ra, futbolchi 4 iyun kuni terma jamoa futbolchilaridan alohida holda mashg‘ulot o‘tagan. Uning 7 iyun kuni Chiliga qarshi o‘yinda maydonga tushishi katta so‘roq ostida.

Shuningdek, «Barselona»ning yana bir hujumchisi, urugvaylik Luis Suares jarohat tufayli terma jamoasining Meksikaga qarshi birinchi o‘yinida yordam bera olmaydi. U Ispaniya Kubogi finalida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda jarohatlangandi. Uning tiklanishi uchun 3 hafta vaqt talab etilishi aytilgandi. U yana 1 haftada o‘yinlarga tayyor bo‘ladi. 

AQShda tashkil etilgan Amerika Kubogi o‘yinlari 26 iyunga qadar davom etadi. Turnirning 100 yilligi munosabati tashkil qilingan maxsus turnir ilk marta Janubiy Amerika qit'asidan tashqarida o‘tmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish