Jamiyat | 14:44 / 05.06.2016
5714
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik garov puli 2 dollarligini bilmagan holda besh oy qamoqda o‘tirdi
Aytambdel Salem Zara brendining paltosini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida politsiya xodimlari qo‘liga tushib qoldi. U politsiyachiga hujum qilishda ayblanib qamoqqa tashlandi. O‘shanda uning garov puli 25 ming dollarni tashkil etgan edi.
Ammo yakunda prokuror uning politsiya xodimiga hujum qilganligini isbot qilib bera olmadi. Shundan so‘ng unda ikkita ayblov qoldi va ularning har biriga dollardan garov puli to‘lanishi lozim edi.