Sport | 15:17 / 05.06.2016
3107
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik investorlar muxlislar uyushmasidan «Suonsi»ni sotib oladi

Amerikalik investorlar «Suonsi» jamoasining aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritadi.

Uelsliklar jamoasining 60 foizlik aksiyasi Jyeyson Levin va Stiven Kaplanga 100 million funtga tushadi. Muxlislar trasti 21,1 foizlik aksiyalarni o‘zida saqlab qoladi. 

«Suonsi» 2002 yildan buyon trast mulki sanaladi.

Klubning hozirgi prezidenti Hyu Jyenkins «Suonsi» boshqaruvida qoladi.

Yaqin vaqtlar ichida yangi xo‘jayinlar jamoa qarorgohiga kelib, uni ko‘zdan kechirishadi va kelishuv rasman imzolanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish