Yaponiyada AQSh harbiylaridan biri mast holda avtomobil boshqargani uchun qo‘lga olindi
Yaponiya Mudofaa vaziri Gen Nakatani Okinavadagi amerikalik harbiy xizmatchilar tomonidan yana bir marta qoida buzilishi sodir etilganidan e'tiroz bildirdi.
Okinava orolidagi Kaden bazasida xizmat qiluvchi 21 yoshli amerikalik harbiy xizmatchi ayol mast holatda avtomobil boshqargani uchun qo‘lga olingan. U qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan avtomobilga to‘qnashishi tufayli 2 yaponiyalik jarohatlangan. Tahlillar natijasi amerikalikning qonida alkogol miqdori me'yoridan 6 marta ortiqligini ko‘rsatgan.
AQSh qo‘mondonligi 27 may kuni Okinavadagi harbiy baza xizmatchilari uchun xodimlaridan biri, AQShning 32 yoshli fuqarosi Shinzato Kenneti Franklin 20 yoshli yaponiyalik Rina Simbukuroning o‘limida gumonlanib qo‘lga olinganidan keyin komendantlik soati joriy etgandi.
Unga ko‘ra, bazadagi amerikalik harbiylar va boshqa xodimlar 24 iyun kuniga qadar baza tashqarisida spirtli ichimlik iste'mol qilishi taqiqlangan. Xodimlarning barchasi tayinlangan soatlarda bazaga qaytishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Okinava oroli Yaponiya hududining 1 foizini tashkil etsa-da, bu yerda mamlakatda bo‘lgan amerikalik harbiylarning 75 foizi joylashtirilgan.