Shohruxxon va Asal Shodiyeva turmush qurdi
5 iyun kuni xonanda Shohruxxon va aktrisa Asal Shodiyevaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab "Versal"ga belgilangan nikoh marosimi keyinchalik Toshkent shahridagi "Osiyo Grand" to‘yxonasiga ko‘chirildi.
Avvaliga to‘yxonaga ikki san'atkorning onalari va oilaning yaqinlari kirib kelishdi.
To‘yni xonanda Nilufar Usmonova o‘z qo‘shiqlari bilan boshlab, so‘ng yor-yor sadosi ostida kelin va kuyov to‘yxonaga qadam ranjida qilishdi.
Mustaqil hayotga qadam tashlagan ikki yoshga O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Asilbek Nig‘matov, Botir Qodirov, Jahongir Poziljonov, O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, Shahzoda, O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov tomonidan iliq va samimiy tilaklar bildirilib, so‘ng birin ketin sho‘x va raqsbop qo‘shiqlar kuylandi.
Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev tomonidan tayyorlangan "Love story" lavhasi mehmonlar olqishi bilan kutib olindi.
Tohir Sodiqov tomonidan kuylangan "Kel yashaylik" taronasiga esa kechaning bosh qahramonlari vals tushishdi.
Bazm boshlanishi bilan to‘yga taklif etilgan shou-biznes vakillari yangi fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab borishdi.
Kun.uz sayti tahririyati Shohruxxon va Asal Shodiyevaga baxt tilaydi.