Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Mail: Rossiyaning 0,2 foiz aholisi futbolga o‘yinlariga kiradi. Bu Yevro-2016 ishtirokchilari orasidagi eng yomon ko‘rsatkich
Angliyaning Mail on Sunday nashri Yevro-2016 turniri ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar orasida futbolning qanchalik ommaviyligini aniqlash bo‘yicha izlanish o‘tkazdi.
Tadqiqotlarda stadionlarga kirgan tomoshabinlarning sonini mamlakat aholisi soniga nisbati o‘rganib chiqildi.
Izlanishlar yakuniga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Islandiya yaqqol peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakatning 7,5 foiz aholisi futbol o‘yinlariga doimiy ravishda kirib turishi aniqlandi (aholi soni - 329 ming kishi, futbolga kiruvchilar miqdori - 24684 muxlis).
Birinchi beshlikdan Angliya, Shvetsiya, Belgiya va Portugaliya mamlakatlari o‘rin olgan, oxirgi o‘rinni Rossiya egallagan. Rossiyaning faqatgina 0,2 foiz aholisi futbolga muntazam ravishda kirib turishi aniqlandi (144 milliondan 286782 kishi).
Rossiya bilan bir qatorda Vengriya, Ruminiya, Ukraina va Turkiyada ham futbol o‘yinlariga tashrif buyurish past darajada ekani aniqlandi.
Qayd etilishicha, Rossiya muxlislar soni bo‘yicha Angliya, Germaniya, Italiya, Fransiya va Ispaniyadan keyingi oltinchi o‘rinni egalladi.
To‘liq jadvalni quyidagi havoladan bilib olish mumkin.