14:35 / 05.06.2016
2913

Hillari Klinton demokratlarning Virjiniya orollaridagi kokuslarida g‘alaba qildi

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Demokratik partiyaning Virjiniya orollaridagi kokuslarida senator Berni Sandersdan o‘zib ketdi. Bu haqda ABC News xabar bergan.

Virjiniya orollaridagi kurash 7 nafar delegatning ovozi uchun bo‘lib o‘tgan.

Ayni vaqtdagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Klintonni 2 316 nafar delegat, jumladan, 547 nafar superdelegat qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘alaba uchun esa 2 383 nafar saylovchining ovozi talab etiladi.

Sanders Klintondan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Uni 1 547 nafar delegat qo‘llab-quvvatlamoqda. Ulardan 46 nafari superdelegat.

Top