Jahon | 15:27 / 05.06.2016
3855
1 daqiqa o‘qiladi

Karib davlatlari uyushmasi AQShning Kubaga nisbatan blokadasini qoraladi

Karib davlatlari uyushmasi 4 iyun kuni Kuba poytaxtida yakunlangan VII sammitida AQShning Kubaga nisbatan blokadasini to‘xtatish yoqlab chiqilgan deklaratsiyani qabul qildi.

«Hujjat matni «bir tomonlama majburiy choralarning qo‘llanishini qat'iy qoralaydi va Vashingtonning Kubaga qarshi iqtisodiy, savdo va moliyaviy blokadaga chek qo‘yishi bo‘yicha murojaatni qo‘llab-quvvatlaydi», deyiladi TASS agentligi xabarida.

Bundan tashqari, KDU (Karib davlatlari uyushmasi) vakillari AQSh harbiy-dengiz bazasi tomonidan istilo qilingan Guantanamo hududlarini Kubaga qaytarish yuzasidan fikr bildirishgan.

«Kubaga Guantanamo bazasi qaytarilishi ikki mamlakat munosabatlari iliqlashtirilishidagi muhim jihat bo‘ladi», deyilgan deklaratsiyada.

Shu bilan birga, tashkilotga a'zo mamlakatlar Kuba va AQSh o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning qayta tiklanishi va ikki davlat elchixonalari faoliyatining qayta ish boshlashini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish