Jamiyat | 13:49 / 05.06.2016
6666
1 daqiqa o‘qiladi
Keyt Blanshet "Oushenning o‘n bir do‘sti" filmining "ayolcha" variantida o‘ynashi mumkin
Aktrisa Keyt Blanshet "Oushenning o‘n bir do‘sti" filmining "ayolcha" remeykidagi aktrisalar tarkibiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqida Aceshowbiz xabar berdi.
Mazkur filmda Sandra Ballokning ishtiroki ma'lum bo‘lgan edi. Shuningdek filmda Jyennifer Lourens ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Blanshett Bred Pittning qahramonini talqin qilishi ehtimoldan xoli emas.
1960 yilda suratga olingan filmning remeyki bo‘lgan kriminal komediyadagi barcha erkak rollari - ayol qahramonlar bilan almashadi. 2001 yilda shu nomli remeykda va uning ikkita sikvelida bosh rollardan birini ijro etgan Jorj Kluni yangi loyihaga prodyuserlik qiladi.