Jamiyat | 08:19 / 05.06.2016
5645
1 daqiqa o‘qiladi
Kiyevda harakatlanayotgan avtomobildan chiqib ketgan g‘ildirak keksa erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi
Kiyevda bir keksa erkak uning yonidan o‘tib ketayotgan avtomobildan chiqib ketgan g‘ildirak boshiga tegishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" nashri.
Ta'kidlanishicha, noxush voqea Getman ko‘chasida harakatlanayotgan Volkswagen mashinasining g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuz berdi. G‘ildirak yo‘lning barcha polosalaridan o‘tib, 74 yoshli erkakning boshiga tekkan.
Keksa erkak olingan jarohatlardan vafot etgan.