Sport | 12:27 / 05.06.2016
5009
1 daqiqa o‘qiladi

Kuman "Everton"ga bosh murabbiy bo‘lgach, transferlar uchun 165 mln funt oladi

Yakunlangan mavsumda "Sauthempton" jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan hollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanning "Everton" jamoasiga o‘tishi oydinlashib bormoqda.

The Mirror nashrining xabar berishicha, liverpulliklar jamoasining yangi xo‘jayini Farhod Moshiri Kumanga yozgi transferlar uchun 100 million funt sterling berishga tayyorligi, shuningdek, jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning transferidan tushishi kutilayotgan 65 milllion funt sterling ham yangi futbolchilar sotib olinishi uchun yo‘naltirilishini ma'lum qilgan.

Shu bilan birgalikda, murabbiyga jamoani yangi mavsumda APLning kuchli to‘rtligiga olib kirish vazifasi qo‘yiladi.

Kuman bilan shartnoma bugun imzolanishi kutilmoqda. Unga yangi jamoada ukasi Ervin Kuman yordamchi bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish