Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olive Jiru: Umid qilamanki, Vardi «Arsenal»ga sovrinlar qo‘lga kiritishda yordam beradi
«Arsenal»ning fransiyalik hujumchisi Olive Jiru «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardi o‘z jamoadoshiga aylanishiga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Menga Jyeymi bizning jamoaga o‘tayotganini aytishdi. Bu biz uchun ajoyib yangilik. O‘ylashimcha, bir birimizni ajoyib tarzda to‘ldira olamiz.
«Arsenal»da hujumkor futbol namoyish etishadi. Men hamisha raqobatlashishdan mamnun bo‘laman.
Boss 1-2 hujumchini tarkibga jalb qilishi haqida aytgandi. Umid qilamanki, Vardi «Arsenal»da ham «Lester»dagi kabi yorqin o‘yinlar namoyish qiladi va jamoaning sovrinlarga ega chiqishida o‘z hissasini qo‘shadi», – deydi jamoaning asosiy hujumchisi Jiru.
Vardi bugunning o‘zida «Arsenal»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Bundan oldinroq, «Lester» bosh murabbiyi Vardining «Arsenal»ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlagandi. 29 yoshli ushbu tajribali hujumchi uchun Arsen Venger 20-22 mln funt to‘lashga rozi bo‘lgan.