Sport | 11:24 / 05.06.2016
5347
1 daqiqa o‘qiladi

Raneri Vardining "Arsenal"ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi

"Lester" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning asosiy hujumchisi Jyeymi Vardi Londonning "Arsenal" jamoasiga o‘tayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi.

"Vardi "Arsenal"ga o‘tyaptimi? Ha, bu haqiqat" - deya Ranerining so‘zlaridan iqtibos keltirgan La Gazzetta dello Sport.

Bundan oldinroq "Arsenal" Vardi uchun 20 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgani haqida xabar berilgandi.

Ingliz nashrlarida yozilishicha, "kanonirlar" jamoasi rahbariyati Vardi bilan yaqin 24 soat ichida shartnoma imzolaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish