Jamiyat | 19:15 / 05.06.2016
20310
2 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga bag‘ishlangan yana bir xotira kitob chop etildi

Toshkent shahridagi «Hilolnashr» nashriyot uyida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan, olimning ukasi Muhammad Amin Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Islomga bag‘ishlangan umr» kitobi va Odinaxon Muhammad Yusufning «Mufassal tajvid» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashgan Anvar qori Tursunov, yozuvchi Erkin Malik, Hasanxon va Husaynxon qori ushbu nashrlar haqida fikrlarini bildirishdi.

Muhammad Amin Muhammad Yusufning «Islomga bag‘ishlangan umr» kitobida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning yoshlik davridan so‘nggi kunlarigacha o‘tgan ibratli umr yo‘li bayon qilingan.

Avvalroq «Sharq» NMIUda shayx  haqida yozuvchi Erkin Malikning «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari» risolasi chop etilgan edi. Ushbu kitobda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning noshirlik faoliyati, turli davrlarda chop etilgan maqolalari, amru ma'ruflari haqida hikoya qilingan.

Shuningdek, Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ham shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga bag‘ishlangan “Hazrat” xotira kitobi nashr etilgan edi. Unda zamondosh olim va muxlislarning shayx haqidagi xotiralari jamlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish