Sport | 21:33 / 05.06.2016
4803
2 daqiqa o‘qiladi

Jokovich Marreyni yengib, ilk marta «Rolan Garros» sovriniga ega bo‘ldi

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi, serbiyalik 29 yoshli Novak Jokovich «Rolan Garros» finalida angliyalik Endi Marreyga qarshi 4 set davom etgan bahsda 3-6, 6-1, 6-2, 6-4 hisoblarida g‘alaba qozondi. U o‘z faoliyatida ilk marta grunt kortlarda o‘tkaziladigan bu turnirda g‘olib bo‘ldi. Shu vaqtgacha Jokovich 3 marta Parijdagi «Rolan Garros» finalida mag‘lubiyatga uchragandi.

Shuningdek, u endi Rafael Nadal, Rojyer Federer, Andre Agassi, Roy Emerson, Rod Leyver, Don Badja va Fred Perri qatorida «Katta Dubulg‘a» turkumidagi barcha 4ta turnirda g‘olib bo‘la olgan sportchiga aylandi.

Bundan tashqari, u «Katta Dubulg‘a»da qatorasiga 4 turnirda g‘alaba qozongan uchinchi tennischi bo‘ldi. Undan oldin Badja (1937-1938) va Leyver (1962 va 1969 yillarda) shunday natijani ko‘rsatgandi.

Jokovich uchun «Rolan Garros» g‘olibligi «Katta Dubulg‘a» turkumidagi 12-titul bo‘ldi. U ATR turnirlarida esa 65-g‘alabasiga erishdi.