17:18 / 06.06.2016
12684

26 yoshli armiya qo‘mondoni Deshauna Barber “AQSh go‘zali”ga aylandi

26 yoshli Kolumbiya viloyati ofitseri Deshauna Barber "AQSh go‘zali-2016" tanlovida g‘olib bo‘ldi. U 51 nafar nomzodni ortda qoldirib, so‘nggi 15 yil ichida g‘olib bo‘lgan uchinchi qora tanli qizga aylandi. Endilikda Deshauna "Borliq go‘zali-2016" tanlovida Amerika nomidan ishtirok etadi, deb xabar beradi Reuters.

Barber harbiylar oilasida tavallud topgan, shu sababli 17 yoshida AQSh armiyasiga xizmat qilish uchun qo‘shiladi. U Virjiniya universitetida biznes sohasini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Hozirda AQSh armiyasida logistika qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritadi. 

2016 yilda eng orziqib kutilgan tanlovlardan biri – «Borliq go‘zali-2016» Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. 


 

Top