Jahon | 18:54 / 06.06.2016
5604
1 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev Rossiya bosh vazirini «Danaker» ordeni bilan mukofotladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevni «Danaker» ordeni bilan mukofotladi. Uni taqdirlash marosimi Rossiya bosh vazirining Bishkekka rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan.
 
Qirg‘iziston prezidentining qayd etishicha, Dmitriy Medvedev, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun ushbu mukofot bilan taqdirlangan.
 
Dmitriy Medvedev Almazbek Atambayevga orden uchun minnatdorchilik bildirar ekan, bu ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ramzi bo‘lib qolishini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish