08:45 / 06.06.2016
4908

Amerika Kubogi-2016: S guruhida Meksika Urugvayni, Venesuela Yamaykani yengdi

6 iyun kuni AQShda Amerika kubogi-2016 musobaqasining S guruhida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Avvaliga Venesuela - Yamayka uchrashuvi o‘tkazildi. Unda o‘yinning katta qismida ko‘pchilik bo‘ylab harakat qilgan janubiy amerikaliklar bitta gol ustunligi bilan g‘alaba qozondi.

Guruh favoritlari sifatida qaralgan Meksika va Urugvay to‘qnashuvida esa shimoliy amerikaliklarning qo‘li baland kelgan.

Guruhdagi keyingi uchrashuvlar 10 iyunga belgilangan. Shu kuni Urugvay Venesuela bilan, Meksika Yamayka bilan uchrashadi. 14 iyun kuni esa 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Yamayka – Venesuela 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 15 Martines.
Yamayka – Bleyk, Uotson (Binns, 88), Mariappa, Teylor, Lourens (Morgan, 40), Makkliri, Ostin, Xektor (Uilyamson, 77), Makanuff, Barns, Donaldson.
Venesuela – Ernandes, Rosales, Anxel, Viskarrondo, Felcher, Rinkon, Figera, Gerra (Gonsales, 90), Martines (Penyaranda, 77), Seyxas (Otero, 86), Rondon.
Ogohlantirishlar: Xektor (20), Figera (45), Viskarrondo (75), Mariappa (90).
Chetlatish: Ostin (23).

Meksika – Urugvay 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 4, avtogol Pereyra, 1:1 – 74 Godin, 2:1 – 85 Markes, 3:1 – 90 Errera.
Meksika – Talavera, Arauxo, Markes, Moreno, Reyyes, Layyun, Korona (Duenyas, 61), Errera, Guardado, Akino (Losano, 55), Ernandes (Ximenes, 83).
Urugvay – Muslera, Pereyra, Ximenes, Godin, Pereyra, Sanches (Ramires, 84), Vesino, Arevalo, Rolan (Ernandes, 60), Lodeyro (Gonsales, 46), Kavani.
Ogohlantirishlar: Guardado (25), Vesino (27), Ximenes (59), Pereyra (68), Godin (84), Ximenes (90).
Chetlatish: Vesino (45), Guardado (73).

Top