19:45 / 06.06.2016
4519

AT&T operatori 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishda 10 Gbit/soniya tezlikka erishdi

AQShning AT&T operatori yoz oxirida Nyu-Jyersi shtatidagi Middlton shahriga keng polosali internet ulanishni taqdim qilish uchun 5G tarmog‘ini ishga tushirmoqchi. Operator tarmoqni sinov qilish vaqtida 10 Gbit/soniya ko‘chirish tezligiga erishdi, deb xabar bermoqda Cnet.

Kompaniya sinov loyihasi doirasida Texas shtatining Ostin shahrida tarmoqning yangi standartini yoyishga qaror qildi.

Nashrning ta'kidlashicha, operator Ericsson bilan birga optik-tolali internet ulanish taklif qiluvchi Google Fiber ko‘rsatkichlaridan 10 barobar yuqoriroq tezlikka erisha oldi.

Bundan tashqari, AT&T’ning sinovi AQShning eng yirik operatori Verizon’nikidan deyarli 3 marta muvaffaqiyatliroq bo‘ldi: Verizon 5G’ni sinayotgan vaqtda tezlik 3,7 Gbit/coniyani tashkil qildi.

Ta'kidlanishicha, keyingi avloddagi yangi tarmoqning ommaviy ravishda tatbiq etilishi 2020 yildan keyin amalga oshiriladi.

Avvalroq MTS va Nokia 2018 yilgi jahon chempionatida 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

Top