Jahon | 08:13 / 06.06.2016
9896
2 daqiqa o‘qiladi

BAAlik tadbirkor avtomobil raqami uchun 5 million dollar to‘ladi

BAAlik tadbirkor o‘z avtomobili uchun alohida raqamli belgiga besh million dollar to‘ladi. Bu haqida xorijiy OAV xabar berdi.

Avtomobil uchun «1» raqami auksionda sotilgan. Uning boshlang‘ich narxi sotilish narxidan 20 barobar kamroq edi. Tadbirkor bu raqamni olishiga uning doim birinchi bo‘lishga intilishi sabab bo‘lganini aytib o‘tdi. 

2008 yil boshida yana bir boshqa tadbirkor Said Abdul G‘affor Xuri hayriya auksionida «1» raqami bilan registratsiya qilingan belgi uchun 14,5 million dollar to‘lagan edi. Bu esa dunyoda mashina raqami belgisi uchun sarflangan eng katta mablag‘ sanaladi. 

BAA poytaxtining yo‘l politsiyasi (Abu-Dabi shahri) doimiy tarzda noodatiy raqamlar sotiluvchi (qoidaga ko‘ra, ular sodda raqamligi bilan ajralib turadi) auksionlarni o‘tkazib turadi. To‘plangan mablag‘lar hayriya ishlariga safarbar qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish