Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an onalikni rad etgan ayollar xususida keskin qarashlarini bildirdi
Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘anning bayonotiga ko‘ra, onalikni rad etuvchi ayollar, "Ayol" nomiga to‘liq mos kelmaydi, deb yozmoqda The Hürriyet Daily News.
«"Men ishlaganim sababli ona bo‘la olmayman", deb aytuvchi ayollar, aslida o‘zlarining ayolliklarini inkor etishmoqda. (...) Biznesini ko‘zlab, uy bekasi bo‘lish sharafini qo‘ldan chiqarayotganlar, aslida erkinliklaridan voz kechmoqda», — deya Turkiya yetakchisi so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr. Prezident Erdo‘g‘an «Ayollar va demokratiya» assotsiatsiyasining Istambuldagi anjumanida shunday qarashini ma'lum qilgan.
U shuningdek, bosh vazir bo‘lgan vaqtlarida, tug‘ilishni ko‘paytirish maqsadida ko‘plab amaliy choralar ko‘rganini ta'kidlagan.
Erdo‘g‘an may oyi oxirlarida, oilani rejalashtirish va homiladan saqlanish, musulmon oilasi uchun to‘g‘ri kelmasligi xususida bayonot bergandi, deb xotirlaydi The Independent gazetasi.