Jamiyat | 18:11 / 06.06.2016
3886
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi hayvonot bog‘ida orangutanlar uchun videotanishuv xizmati ishga tushdi

 

Germaniyadagi hayvonot bog‘laridan birida orangutanlar bilan videotanishuv xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda NBC4 xabar bermoqda.

Ma'lum qilishlaricha, bu xizmat orqali ikkita maymun bir-biri bilan do‘stlashgan.

Hayvonot bog‘i xodimlari boshida Konni va Sinta deb nomlangan orangutanlar uchun do‘st qidirishni rejalashtirishgan edi. Xodim ularga uning videoroligini ko‘rsatgan, shundan so‘ng ular bir-birlari bilan tanishishgan.

Ma'lum qilishlaricha, bir orangutan shu xizmat oqibatida boshqa hayvonot bog‘iga ko‘chirilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish