17:48 / 06.06.2016
7057

Grizmann: Fransiya terma jamoasi tarkibini chempionlar tarkibi deyish mumkin

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann o‘z jamoasining oldindagi Yevropa chempionati turniridagi imkoniyatlari haqida fikr bildirib, fransuzlarni turnirning asosiy favoriti deb atadi.

«Fransiya terma jamoasida a'lo darajadagi futbolchilar yig‘ilgan. Futbolchilarning barchasi kuchli klublada to‘p surishadi, shunday ekan bu tarkibni chempionlar tarkibi deyishimiz mumkin.

Biz bo‘shashmasligimiz va guruh bosqichidagi 3 uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak. Keyin alohida reja tuzamiz. Jamoada muhit ajoyib darajada. Biz ko‘p hazil-huzil qilamiz, barchaning o‘zaro  munosabatlari juda yaxshi. Bu esa o‘yimizda ham aks etadi. Biz hamisha o‘z sheriklarimiz uchun kurashamiz va hamisha bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Tarkibda tajribali futbolchilar bilan birga juda yosh yigitlar bor. Kiyim almashtirish xonasida Evra va Loris kabi tajribali futbolchilar bilan gaplashishni yoqtiraman, Koman, Marsiyal va Pogba esa shovvoz yigitlar. Buni Fransiya terma jamoasi uchun faqat ijobiy holat deb bilaman.

Raqiblarmi? Germaniya, Ispaniya. Menimcha, Italiya ham yarim finalga yetib borsa kerak. Yengish qiyin bo‘lgan jamoalarga ro‘baru kelganimizda esa, bizga omad kerak bo‘ladi», — deya Grizmannning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Top