Sport | 14:02 / 06.06.2016
7768
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich: «7 iyun kuni muhim bayonot bilan chiqaman. Bu bomba xabar bo‘ladi»

«PSJ»ni erkin agent sifatida tark etayotgan Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining yangi jamoasi haqida qachon e'lon qilishini bildirdi.

«Men 7 iyun kuni muhim bayonot bilan chiqaman. Bu yozning eng katta voqealaridan birini kuting. Bu bomba xabar bo‘ladi», – degan Ibrahimovich.

Bundan oldinroq, 34 yoshli bu futbolchi «Manchester Yunayted» bilan 1 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, uning yangi jamoasida oladigan yillik maoshi miqdori 17 mln yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish