14:05 / 06.06.2016
46658

Instagram olami: O‘zbekcha gapirishni boshlagan Rayhon, tatuirovkali Lola, Obid Asomovning yangi qirrasi va boshqalar 

Muzaffar Abduazimov mashina boshqara turib soqol oldi

Avvaliga birin-ketin xit qo‘shiqlar ijro etgan, ammo keyinchalik, ijod qilayotganligi "sezilmay qolgan" xonanda Muzaffar Abduazimovning instagramdagi shaxsiy sahifasida qiziq videolavha paydo bo‘ldi. Ushbu videolavhada mashina boshqarayotib, o‘zining aytishi bo‘yicha "xizmatga ketayotgan" xonanda yo‘l-yo‘lakay oynaga qarab soqol olmoqda.

Xonanda telefon orqali hazil aralash tasvirga olingan ushbu videolavha ostiga "Goh-gohida shunaqasi ham bo‘lib turadi, xizmatchilik", deya izoh qoldirgan.
Ba'zi muxlislar videodagi lavhani hazil ma'nosida qabul qilgan bo‘lsa, ba'zilar soqol olayotgan xonanda Janob Binga taqlid qilmoqda, degan fikrlar bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Munisa Rizayevaning instagramdagi sahifasida qo‘ynida yosh bola bilan avtomobil boshqarayotgani videosi paydo bo‘lgach, xonandani yo‘l harakatini qo‘pol ravishda buzgani uchun instagram foydalanuvchilari va ayrim gazetalar tanqid ostiga olishgan edi.

Tanqidlardan so‘ng Rayhon imkon qadar o‘zbekcha gapirishga harakat qilyapti 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva odatda ko‘p joylarda rus tilida gapirganligi uchun tanqid qilingan edi. Ammo tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan xonanda, endi imkon qadar o‘zbek tilida gapirishga harakat qilayotganligini kuzatish mumkin. Instagramdagi sahifasida joylashtirayotgan suratlari ostida xonanda o‘zbek tilida izoh qoldirishga harakat qilmoqda. Kuni kecha xonanda instagramdagi sahifasi orqali Ramazon oyi ifoda topgan suratni joylashtirib, barchani ushbu muborak oy bilan qutladi. 

Obid Asomov muxlislar bilmagan qirrasini oshkor etdi

Qiziqchi Obid Asomov instagramdagi sahifasi orqali muxlislari bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga, ularni turli videolavhalar yoki fotosuratlar bilan qiziqtirib, zeriktirmaslikka harakat qiladi. 

Yaqinda Obid Asomov o‘zi chizgan natyumort kartinasini joylashtirib, ko‘plab muxlislarini hayratga soldi.  Kartinada joylangan manzarada bir qarashda bahor mavsumi, tiriklik ifoda topganligini, unda hayot tafti mujassamligini anglash qiyin emas. Likopkachdagi gilos hozir uni kimdir tanovvul qilmoqchiligini anglatsa, choynak va oq sochiq esa oddiy o‘zbek dehqonining daladan charchab kelgani, bir zum hordiq chiqarib, gilos bilan tamadi qimoqchidek tasavvur uyg‘otadi. Garchan Obid Asomov chinakam rassom bo‘lmasada, balki ongli, balki shunchaki xohish asnosida guldondagi bahor mavsumining yovvoyi gullarini tasvirlab,  o‘z fantaziyasida kartinada ko‘rinmayotgan, ammo majvudligi sezilib turgan shaxsning go‘zallik shadoysi ekanligini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.  
Haqiqiy rassom bo‘lmagan ijodkorlarning yaratgan san'at asarlari o‘zining soddaligi, beg‘uborligi va tabiiyligi bilan o‘z yaratuvchisining qalb dunyosini ochishga xizmat qiladi. Shunday ekan, Obid Asmov yaratgan ushbu sodda, ammo kishiga estetik zavq bera oladigan kartina ko‘plab instagram foydalanuvchilariga manzur bo‘ldi. 

Shuningdek, ayrim muxlislar tomonidan bildirilgan tanqidlar ham yo‘q emas.  

Endi Lolaning tatuirovkalari muxlislar g‘ashiga tegmoqda

Shohruhxon va Asal Shodiyevaning nikoh oqshomiga taklif etilgan Lola o‘z surati ostida ikki yoshni tabriklab izoh qoldirdi.  Suratda xonandaning yarim ochiq libosi va bo‘ynidagi chizilgan tatuirovkasi yana instagram foydalanuvchilarining g‘ashini keltirdi. Ayrim muxlislar esa Lolaning hech bo‘lmasa Ramazon oyida xulqini to‘g‘rilab olishini so‘ragan. 

Shahzoda sevimli aktrisasini tug‘ilgan kunida esladi

Xonanda Shahzoda sevimli aktrisasi Anjyelina Jolining tug‘ilgan kunida esladi. Anjyelina Jolining sahovatli ishlari aks etgan fotosurat ostida  “Qachonki ayol kishi o‘zini yosh va sodda his qilishni to‘xtatar ekan, u dono va zamonaviyga aylanadi”  kabi  izohni yozib qoldirgan. 

Mohichehra  Eshmirzayeva

Top