Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:03 / 06.06.2016
3076
1 daqiqa o‘qiladi
Iordaniyadagi qochqinlar lagerida 5 kishi o‘ldirildi
Iordaniyada falastinliklar uchun tashkil qilingan lagerda 5 kishi o‘ldirib ketilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu hujum Iordaniya poytaxti yaqinidagi lagerda amalga oshirilgan.
Hukumat bu hodisani terakt sifatida baholamoqda.
Aniqlik kiritilishicha, terakt maqsadi lager hududidagi maxsus xizmatlar ofisi bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, terakt uyushtirilgan lager 1968 yilda falastinliklarni joylashtirish uchun tashkil etilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish