Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada ichida 50 kg marixuana bo‘lgan tez yordam mashinasi ushlandi
Ispaniyada Milliy gvardiya jangchilari ichida 50 kg marixuana bo‘lgan tez yordam mashinasini ushlashdi. Bu haqda 6 iyunda El Mundo nashri ma'lum qildi.
Giyohvandfurushlarni ushlash bo‘yicha operatsiya anonim qo‘ng‘iroq natijasida amalga oshirildi: o‘zini Madrid yaqinida turuvchi fermer deb tanishtirgan odam qo‘shni fermada shubhali odamlar izg‘ib yurgani va qizil xoch tasvirli furgon turgani hamda unga noma'lum o‘ralgan narsalar ortilayotgani haqida xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya Belgiya raqamlariga ega bo‘lgan tez yordam mashinasini aniqladi va ferma ortidan yashirin kuzatuv o‘rnatdi.
Bir necha soatdan keyin tez yordam mashinasi darvozadan chiqqandan keyin politsiyachilar haydovchiga to‘xtashni buyurishgan. Haydovchi mashinaning orqa eshigini ochganda huquq-tartibot muassasalari nasha hidini his qilishgan. Tintuv vaqtida tez yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan mashina ikki qavatli ship bilan jihozlangan bo‘lgani, uning ichidagi pana joyda 60 ming yevrolik giyohvand modda saqlangani aniqlangan.
Mashina haydovchisi, Bryusselda yashovchi 28 yoshli marokashlik Muhammad hamda fermaning egasi, 26 yoshli dominikanlik Antonio ismli kimsalar ushlangan. Tergovchilar giyohvandfurushlar to‘dasi yarim yil avval tashkil etilgani aytishgan va hozirda Ispaniyaga marixuana qayerdan import qilinganini aniqlashga urinmoqdalar.
Ispaniyada kannabisni o‘stirish va iste'mol qilish taqib qilinmaydi. Shu bilan birga Ispaniyaga marixuana transportirovka qilish va uni sotish qamoq jazosi beriluvchi jinoyat hisoblanadi. Bu giyohvand moddani sotib olish, saqlash va jamoatchilik joyida iste'mol qilish jarima bilan jazolanadi, kannabisning o‘zi esa musodara qilinadi.